Мигрень касаллиги хакида маълумот

Мигрень касаллиги хакида маълумот thumbnail

Migren – eng kuchli xurujsimon bosh og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi kasallik. Bu kasallik ayollarda ko‘p uchraydi va nasldan-naslga o‘tish xususiyatiga ega. Og‘riq xurujlari, asosan, ko‘z–peshona–chakka sohalarida kuzatiladi va ko‘ngil aynishi, qusish, yorug‘lik va tovushlarga o‘ta sezgirlik bilan namoyon bo‘ladi. Og‘riq xurujidan so‘ng bemorda uyquchanlik va holsizlik kuzatiladi. Og‘riq xurujlari shu qadar kuchli bo‘ladi-ki, bemor unga chiday olmay ingrab boshlaydi, qorong‘i va shovqinsiz uyga kirib yotib oladi.

migren

Migren xuruji qanday to‘xtatiladi?

Migren xuruji davrida bemorni davolashda asosan og‘riq qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi. Yengilroq holatlarda xuruj boshlangan zahoti aspirin yoki paratsetamol ichishga buyuriladi. Shuningdek, indometatsin, ksefokam, sedalgin, pentalgin, baralgin kabi kuchliroq dorilar ichishga tavsiya etiladi. Bemor analgetiklarni qancha erta qabul qila boshlasa, samarasi shuncha yuqori bo‘ladi. Xuruj boshlanganidan 2 soat o‘tgandan so‘ng qabul qilingan dorilar ta’siri o‘ta past yoki befoyda.
Migren xuruji boshlagan zahoti kofetamin, kofergot, sumatriptan, zomig, ankofen kabi dorilar ichishga buyuriladi. Ushbu dorilardan biri xuruj boshlangan zahoti ichiladi.

Bemorni xurujlararo davrda qanday davolash kerak?

Agarda xurujlar soni oyiga 3–5 martadan oshsa, bemorning hayot tarziga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday paytlarda bemor shifoxonaga yotqiziladi va rejali davolash muolajalari olib boriladi. Rejali davolash muolajalarini o‘tkazishdan maqsad – xurujlar sonini kamaytirish va kuchini pasaytirishga erishish, bemorning umumiy quvvatini oshirish, xurujlarning oldini olish va xuruj paytida nimalarga e’tibor qaratishga o‘rgatishdir. Chunki bugungi kunda bemorni migren kasalligidan butunlay xolos qilishning iloji yo‘q.

Migren xurujlarini kamaytirishning iloji bormi?

Ha, bor. Buning uchun dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, tungi ishlardan voz kechish va o‘z vaqtida uxlash qonun-qoidalariga amal qilish, ortiqcha hissiy zo‘riqishlardan saqlanish migren xurujlari soni va kuchini kamaytirishga juda katta yordam beradi. Aytib o‘tganimizdek, migren xuruji, ko‘pincha, tashqi salbiy ta’sirlardan so‘ng boshlanadi. Ovqatlanish ratsioniga amal qilish ham o‘ta muhim. Tarkibida tiramin saqlovchi oziq-ovqatlarni (pomidor, selder, kakao, shokolad, pishloq, sut, yong‘oq, tuxum) iste’mol qilishni cheklash lozim. Shuningdek, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qat’iyan man qilinadi. Ular bosh og‘riq xurujini kuchaytirib yuboradi. Spirtli ichimliklar nafaqat migrenda, balki bosh og‘riqqa moyil kishilarda ham og‘riqni qo‘zg‘ab yuboradi. Bosh og‘riqqa moyil odamlarda hatto pivo ham bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘aydi yoki kuchaytiradi.

Stress holatlarini yuzaga keltiruvchi har qanday vaziyat, ya’ni oila va ishdagi kelishmovchiliklar ham migren xurujini nafaqat qo‘zg‘aydi, balki kasallikning og‘ir kechishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ratsional psixoterapiya, autotrening, jismoniy mashqlar va sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish  stress holatlarining oldini oladi yoki ularni bartaraf etadi. Erta saharda turib piyoda yurish va tushlikdan so‘ng ko‘chada sayr qilish migren profilaktikasi uchun o‘ta muhim. Shuningdek, igna bilan davolash, massaj, suvosti uqalashlari kabi muolajalar ham migren xurujlari oldini olish uchun juda zarur. Mehnat ta’tillariga o‘z vaqtida chiqish, rejali tarzda sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta muhimdir.

Bemorlar uchun foydali tavsiyalar

Bemor doimo umumiy amaliyot shifokori nazoratida turishi kerak. Uning vazifasi bemorni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishi va bemorni hurujlararo davrda davolashdan iborat bo‘liog‘i kerak. Har bir bemor migren xurujini qo‘zg‘ovchi va kamaytiruvchi omillardan voqif bo‘lishlari lozim.

Migren xurujini qo‘zg‘ovchi omillar

  • Stress va hissiy charchashlar;
  • uyqusizlik, och qolish yoki to‘yib ovqat yeyish;
  • ortiqcha jismoniy zo‘riqishlar;
  • iqlim buzilishlari;
  • kuchli shovqin va yorug‘liq;
  • spirtli ichimliklar iste’mol qilish va sigaret chekish;
  • shokolad, qahva, yong‘oq, sho‘r va achchiq narsalarni iste’mol qilish;
  • ayollarda – hayz ko‘rish davri, kontratseptivlarni betartib iste’mol qilish;
  • issiq  va kislorod kam joylarda uzoq qolib ketish;
  • atir-upa va shu kabi kuchli hidga ega kimyoviy vositalar;
  • ovqatga qo‘shiladigan turli konservantlar (nitratlar, natriy glutamat, aspartam).

Migren xurujini kamaytiruvchi omillar

  • o‘z vaqtida va yetarli miqdorda uxlash;
  • tinch va sokin joylarda ishlash va dam olish;
  • qorong‘i va hidsiz joylarda bo‘lish;
  • yashash joyini o‘zgartirib turish (ba’zan foyda beradi);
  • og‘riq paytida boshga sovuq yoki issiq narsa qo‘yish;
  • ish va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish;
  • og‘riq qoldiruvchi dorilarni zudlik bilan qabul qilish (dorini tanlab o‘tirmasdan qo‘l ostida bor bo‘lgan har qanday analgetik qabul qilinadi).

Esda tuting!

Migren inson hayotiga xavf solmaydi. Ammo, yoshlik davrida boshlangan bu kasallik uzoq yillar davom etadi. Davolashni to‘g‘ri tashkil etish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish o‘ta muhimdir. Bunday bemorlarda migren xurujlari yengil kechadi, ularning soni va kuchi kamayadi. “Migren 40 yoshdan keyin to‘xtaydi” degan gap ham o‘rinlidir. Chunki yosh o‘tgan sayin migren xurujlari soni kamaya boradi va butunlay yo‘qoladi.

Ushbu maqolani ham o‘qishingizni tavsiya etamiz: Migren kasalligi (So‘ragan edingiz)

Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor.
«Asab va ruhiyat» kitobi.
Asab.uz

Источник

Migren kasalligi …

Boshning chap tomonidagi og‘riqlar bilan kuzatiladigan (ifodalanadigan) kasallikdir. Migren ko‘pincha ayollarda uchraydi. Kasallikka asosan qon-tomir tonusini boshqarib turuvchi nerv ishining buzilishi, ko‘pincha oilada va naslda bo‘lgan qon-tomir kasalliklariga beriluvchanlik sabab bo‘ladi.
Migren ba’zi bemorlarda balog‘atga yetish davridan boshlanadi. Kasallik xuruji odatda asabiylashish yoki o‘ta charchash oqibatida yuz beradi. Xurujning tutush muddati, sababi, og‘ir-yengilligi yosh o‘tishi bilan o‘zgara boradi. Bu holatning qaysi tarafga o‘zgarishi bemorning turmush tarziga, dam olish rejimiga, to‘g‘ri ovqatalishiga, mehnat sharoitiga (kuchli shovqin, ravshan yorug‘lik mumkin emas) bog‘liq.
Migren xuruji…

Ko‘pincha migren xuruji yosh o‘tishi bilan og‘irlashib boradi. Xuruj oldi davrida bemorda tashnalik, ochlik hissining paydo bo‘lishi, kayfiyat o‘zgarishi, mudroq bosish kabi holatlar kuzatiladi. Xuruj tutganda og‘riqdan tashqari, bemorning ko‘z oldi jivirlab, har xil narsalar ko‘rinadi. Migrenda asosan bemorning chakka qismi og‘riydi, ba’zan qayt qiladi so‘ngra bemorda og‘riq biroz sustlashadi. Migren xuruji darajasiga ko‘ra 2-3 soatdan bir necha sutkagacha cho‘zilishi mumkin. Xurujlar o‘rtasidagi davrda bemorni migren qiynamaydi, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak butunlay sog‘lom bo‘ladi.
Bemor xurujni yengillatish yoki to‘xtatish uchun uning belgilari paydo bo‘lishi bilan shakarli kofe, achchiq choy ichib, issiq o‘ralib yotishi, hamda yotoqxonada yorug‘likni kamaytirish, shovqinsizlikni ta’minlashi lozim.

Bosh og’rig’ining 7 sababi
Bosh og’rig’idan ko’pchilik shikoyat qiladi. Ba’zilar boshi og’risa, darrov tabletka ichishga shoshiladi. Bu noto’g’ri. Chunki bosh og’rig’i turli sabablarga ko’ra ro’y beradi. Ana shu sabablar aniqlanib, bartaraf etilgandagina boshdagi og’riq qolishi mumkin.

Buning uchun avvalo boshningqaeri og’riyotganiga ahamiyatberish kerak.
1. Masalan, keksalarning bosh og’rig’i ko’pincha ateroskleroz tufayli ro’y beradi. Chunki aterosklerozda bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi buziladi, miya to’qimalarida kislorod etishmaydi, natijada boshning uvishib og’rishi, xotira pasayishi, uyqusizlik holatlari yuzaga keladi.
2. Bosh og’rig’i ko’zning tinishi va darmonsizlik kabi alomatlar bilan kechsa, qon bosimi pastligi yoki kamqonlikdan darak beradi.Shu ikki holatda ham miya qon va kislorod bilan to’la ta’minlana olmaydi.
3. Boshga sovuq tekkanda, soch ildizlarini harakatga keltirib turgan mushaklar shamollaydi. Shunda boshning ichki tomoni og’riyotgandek tuyuladi. Aslida esa og’riq boshning sirtida bo’ladi. Qishda issiq xonadan tashqariga bosh yalang chiqqan kishining darrov boshi og’rib qoladi.
4. Qon bosimi ko’tarilganda (gipertoniya kasalligida) hamboshning og’rishi kuzatiladi. Bunda bosh og’rigi xafagarchilik paytida kuchayadi. Og’riq ikkala chakkada, peshona bilan ko’z kosasi atrofida, boshning orqa qismida bo’lishi mumkin. Og’riq vaqti-vaqti bilan xuruj qiladi,bosh og’irlashadi va qon tomirlar gupillab urib turgandek tuyuladi.
5. O’rta va keksa yoshdagi odamlarda bosh og’rig’i ko’zichki bosimining ortishi, jigar,o’t pufagi va ichaklarning surunkali kasalliklari oqibatida paydo bo’ladi.
6. Maktab o’quvchilarida bosh og’rig’i toliqish, bodomcha bezlarning yallig’lanishi yoki gijja tufayli kechishi mumkin.
7. Bo’yin osteoxondrozida umurtqa pog’onasi paylari quruqlashib, mayinligi yo’qoladi. Natijada arteriya qon tomiri qisiladi va miyaning oziqlanishi buzilib, bosh og’riydi.
Ko’pchilik bosh og’riganda, dori ichib og’riqni qoldirgandan keyinbu dardni unutadi. Aslida esa shifokorga borishi shart. Negaki,bosh og’rishi biror kasallik boshlanayotganining alomati bo’lishi ham mumkin.

Читайте также:  Мигрень влияет на память

Ko’p hollarda boshning yarmi og’riydi, bu migrendir. Kuzatishlarga ko’ra kishilarning 10 foizdan ko’prog’i migrenga chalinib turadi. Bu kasallik ayollarda erkaklardan ko’ra ikki barobar ko’proq uchraydi.
Migrenning birinchi turida doimiy og’riq tufayli kishining mehnat qobiliyati pasayadi, kayfiyati o’zgaradi, atrofga befarq bo’lib qoladi. Go’yo uyqusi kelayotgandek faqat esnaydi. Ikkinchi turida esa ishtaha pasayadi, ko’ngil aynaydi, bosh aylanib, bemor tezda uxlab qoladi.
Ba’zida qattiq asabiylashish yoki toliqish natijasida ham migren xuruji ro’y beradi. Hatto turmush tarzidagi o’zgarishlar, mehnat va dam olish tartibi buzilganda ham migren qo’zishi mumkin.
*. O’z vaqtida ovqatlanmaslik, kashandalik va shovqin tufayli paydo bo’ladigan migren erkaklarda kuzatiladi. Ayollarda esa bunday bosh og’rig’i hayz paytida yoki horg’inlik tufayli yuzaga keladi.Migren bir necha soatdan bir necha kungacha cho’ziladi.
*. Olimlarning kuzatishlaricha migren nasl surarkan. Ya’ni bobo-buvilari qon tomir kasalligi bilan og’rigan xonadonlarda migren eng avvalo qizlarga o’tishi kuzatilgan. Kasallik qanchalik barvaqt boshlansa, bosh shunchalik qattiq og’riyda va qisqa davom etadi.
*. Kishi ulg’aygani sari migren xuruji susayadi, lekin og’riq muddati uzayadi. Masalan, bolalikda bosh bir-ikki soat og’rigan bo’lsa, qirq yoshdan oshgandan keyin bir-ikki sutka davom etadi. Ba’zilarda esa qirq yoshdan keyin migren xurujlari yo’qolib ketadi.

Oddiy tavsiyalar

Maslahatimiz shuki, migrendanxalos bo’lish uchun darrov dori ichishga shoshilmang. Og’riqni qoldirishning bir necha usullari bor. Avvalo bosh og’riganda, toza havoda biroz sayr qiling. Og’riq qolavermasa, achchiq damlangan qora yoki ko’k choy iching. Ba’zan qahva hamyordam beradi. Asabiy zo’riqishlar natijasida kelib chiqqan migrenni davolashda har kuni uyqudan oldin qaynoq suvda qandni eritib, bir piyola ichib yotish foydalidir.

XALQ TABOBATIDAN

*. Kartoshka tarkibidagi moddalar bosh og’rig’iga davoekanligi anchadan beri ma’lum. Kartoshqa oqsil, yog’, kaliy, magniy, kaltsiy, natriy, temir, fosforga boy. Bosh og’rig’ini qoldirish uchun archilgan xom kartoshkani qirg’ichda qirib, sharbatini siqibolgach, shu sharbatdan yarim stakandan ichib turish yaxshi natija beradi, 2-3 marta ichilsa,bosh og’rig’i to’xtaydi.
*. Karam yaprog’ini suvi chiqquncha tuyib, peshonaga va ikki chakkaga, bilak hamda quloq orti chuqurchasiga bog’lansa, birozdan keyin boshog’rig’i to’xtaydi. Karamning shirasi burunga tomizilsa, miyani tozalaydi va bosh og’rig’i qoladi.
*. Tog’rayhon damlamasi bilan bosh yuvilsa, og’riq to’xtaydi.
Damlama tayyorlash usuli:

2 choy qoshiq tog’rayhon kukuni 400 gramm qaynoq suvga solinib, damlanadi. Dokadan suzib, keyin ishlatiladi.
*. Miya og’riganda olma sharbatini tez-tez ichib turish yaxshi natija beradi.
*. Umuman, bosh og’rig’i tutib turadigan odamlar vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashlari, aqliy va jismoniy mehnatdan so’ng to’g’ri dam olishlari lozim. Ertalabki badantarbiya mashqlari bilan shug’ullanish foydali. Kechki uyqudan oldin toza havoda sayr qilish ham kasallikni bartaraf etishga yordam beradi.

Источник

Migren – uzoq davoma etuvchi, intensiv, ba’zida chidab bo‘lmas darajadagi kuchli bosh og‘rig‘idir. Kasallik koʻpincha ayollarda uchraydi. Bunga asosan qon-tomir tonusini boshqarib turuvchi nerv ishining buzilishi, koʻpincha oilada va naslda boʻlgan qon-tomir kasalliklariga beriluvchanlik sabab boʻladi.

Migren insonning uyqusi, dam olishi, uning shaxsiy hayoti va hayot sifatini pasaytiruvchi kasallikdir. Bu patologik holatni qanday bartaraf etish mumkin, degan savollar ko‘pchiligimizni o‘ylantiradi. Shuni hisobga olib, quyida zamonaviy tibbiyot va qadimiy tabobat usullari yordamida migrenni bartaraf etish haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

migren kasalligi

Migren oʻzi nima va u qanchalik darajada xavfli?

Xalq orasida migren kasalligini – aristokratlar kasalligi deb aytiladi, yaʼni kuda koʻp boʻsh vaqti boʻlgan insonlarda koʻp kuzatiladi, degan fikr mavjud. Aksincha, doimo ish faoliyati bilan shugʻullnuvchi insonlarda esa migren kasalligi hech qachon kuzatilmaydi. Ammo, bu fikr nisbiydir.

Migren ba’zi bemorlarda balog‘atga yetish davridan boshlanadi. Kasallik xuruji odatda asabiylashish yoki o‘ta charchash oqibatida yuz beradi. Xurujning tutush muddati, sababi, og‘ir-yengilligi yosh o‘tishi bilan o‘zgara boradi. Bu holatning qaysi tarafga o‘zgarishi bemorning turmush tarziga, dam olish rejimiga, to‘g‘ri ovqatalishiga, mehnat sharoitiga bog‘liq.

Migren belgilari

Migren – boshning barcha sohasidagi ogʻriqlar bilan namoyon boʻladigan patologik holat. Ammo, inson charchagan vaqtida yoki gipertoniya natijasida kelib chiqadigan bosh ogʻriqlari migrenda kuzatiladigan ogʻriqdan ancha farq qiladi.

Ogʻriq lokalizatsiyasi. Ogʻriq joylashuvi kasallikning nomini aks ettirib turadi: migren – fransuz tilidan olingan boʻlib (gemikraniya) – boshning yarim qismi degan maʼnoni anglatadi. Migrenda kuzatiladigan ogʻriq odatda boshning bir yarim sharida yoki uning maʼlum bir sohasida seziladi. Qadimiy yunon tibbiyotida migren kasalligi – “boshning ikkiga boʻlinishi” deb yuritiladi, bu ham haqiqatdan yiroq emas.

Ogʻriq xarakteri. Migrenda ogʻriq doimiy pulsatsiyali (loʻqillovchi) xarakterga ega boʻladi. Koʻpchilik bemorlar migrenda kuzatiladigan ogʻriqni tish ogʻrigʻida seziladigan ogʻriq kabi boʻladi deb taʼkidlaydilar.

Ogʻriq kuchi. Migren xuruji insonni mehnat faoliyatini pasaytirib yuboradi, inson foydali ish darajasi tushib ketadi. Bu holat yorugʻlik yoki shovqindan qoʻrqish bilan birga kechishi mumkin, yaʼni kuchli yorugʻlik va baland shovqin bosh ogʻrigʻini kuchaytirib yuboradi.

Migren kelib chiqish mexanizmi

Migren kasalligi qadimdan maʼlum boʻlsada, ogʻriq kelib chiqish sababi hali hanuz toʻliq oʻrganilmagan. Migrenda ogʻriq bosh miya ichki bosimi oshishi, arterial qon bosimi oshishi, bosh miya oʻsmalari va bosh miya jarohatlari bilan bogʻliq boʻlmaydi. Ayrim nazariyalarda migren insult kasalligi oʻtkazilgandan keyin rivojlanadi deyiladi.

Hozirgi zamonaviy tibbiyot sohasida migren rivojlanishini tushuntirib beruvchi bir qator nazariyalar mavjud, ularning barchasi bosh miya qon tomirlari bilan bogʻliq muammolarni ilgari surishadi. Aynan shu sababli ham migrenda kuzatiladigan ogʻriq xarakteri pulsatsiyali (loʻqillovchi) boʻladi.

Ogʻriq bosh miya qon tomirlari spazmi natijasida kelib chiqadi, yaʼni bosh miyaning maʼlum bir qismida qon aylanishi buziladi, aynan shu sababli migrenda kuzatiladigan ogʻriq aniq bir lokalizatsiyaga egadir. 

Читайте также:  Как избавиться от приступа мигрени без таблеток

Yana bir boshqa nazariyada qon tomirlar turli xil qisqarishi ogʻriq bilan namoyon boʻlishini qayd etadi.

Migrenga olib keluvchi sabablar va moyillikni oshiruvchi omillar

Uzoq muddat davomida migren kasalligi bilan aziyat chekadigan bemorlarni kuzatish va maʼlumotlar yigʻish natijasida bosh ogʻrishiga olib keluvchi bir qator omillar oʻrganib chiqilgan. 
Ular quyidagilar:

Nevrologik omillar. Migren kasalligi rivojlanishida stress, charchash, zoʻriqish va qattiq hayajonlanish kabi holatlarning roli katta.

Ozuqaviy omillar. Migrenga sabab boʻluvchi ozuqaviy omillardan eng xavflilari – yongʻoq, shokolad, pishloq va baliqdir. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar isteʼmol qilish kuchli bosh ogʻrigʻiga olib keladi.

Gormonal preparatlar. Migren koʻpincha gormonal kontraseptiv vositalarni qabul qilganda kelib chiqadi.

Normal uyqu tartibining buzilishi. Doimiy uyquga toʻymaslik ham bosh ogʻriqlariga sabab boʻladi.

Tashqi faktorlar. Migren xuruj qilishi ob-havoning oʻzgarishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi va boshqa mintaqalarga borish natijasida ham kelib chiqishi mumkin.

Migren turlari

Migren Xalqaro klassifikatsiya boʻyicha quyidagicha tasniflanadi:

  • Oddiy migren (aurasiz migren) – lokalizatsiyalangan pulsatsiyalovchi ogʻriq. Eng koʻp tarqalgan migren turi boʻlib, bemorlarning katta qismi shifokorga murojaat qilmaydi va bu kasallikni odatiy bosh ogʻrigʻi deb qabul qiladilar (zoʻriqish tufayli kelib chiqadigan bosh ogʻriqlari).
  • Klassik migren (aurali migren) – bunda ogʻriq xuruj qilishi boshlanishidan avval ayrim belgilar yuzaga chiqadi. Aurada belgilar individual boʻladi va turli xil namoyon boʻladi, masalan koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlar (koʻz oldida toʻlqinlar, turli xil dogʻlar, koʻz oldida kuchli yorugʻlik), ovoz bilan bogʻliq oʻzgarishlar (quloqlarda shovqin), nerv tizimi bilan bogʻliq belgilar (bosh aylanishi), hid bilish va taʼm bilish bilan bogʻliq oʻzgarishlar. Kam holatlarda muvozanat saqlash buzilishi, koʻrinayotgan jismlarning shakli va oʻlchamini farqlay olmaslik, ulargacha boʻlgan masofani aniqlashdagi kamchiliklar (Alis sindromi). Baʼzida aura xavotirlanish hissi paydo boʻlishi bilan ham kechadi.
  • Migrenoz status – davomli ogʻriq hissi, uyqu va dam olishdan soʻng ham oʻtib ketmaydigan, baʼzida sutkalar davomida davom etuvchi patologik holat.
  • Asoratli migren – koʻpincha hushdan ketish, koʻngil aynishi, qayt qilish va epilepsiya (tutqanoq) bilan namoyon boʻluvchi migren turi. Kam hollarda migren xuruji bosh miyada qon tomirlar yorilishi (insult) bilan asoratlanishi ham mumkin (migrenoz insult).
  • Spetsifik migren – bu turdagi migren xurujlari kam uchraydigan retinal migren (koʻzning bir yoki har ikkisida ham dogʻ paydo boʻlishi), oftalmoplegik migren (koʻz nervida ogʻriq) va boshqa belgilar bilan namoyon boʻluvchi belgilar bilan kechadi.

Migren oqibatlari

Yuqorida qayd etib oʻtilganidek uzoq muddat davom etgan migren xurujlari migrenoz insult bilan asoratlanishi mumkin. Bosh miyadagi qon tomirlar spazmi natijasida qon tomir ichida qon oqimining toʻxtab qolishi va atereskleroz blyashkalar hosil boʻlishi bosh miyada ishemiya keltirib chiqaradi.

Diqqat, muhim!
Bosh miyaning aniq bir sohasida pulsatsiyali ogʻriqlar boʻlishi bosh miyada anevrizm rivojlanayotganidan darak boʻ​lishi mumkin.

Odatda migren aytarli jiddiy asoratlarga olib kelmaydi, shunchaki inson hayot tarzidagi koʻpgina noqulayliklar tugʻilishiga sabab boʻladi, masalan uyquning buzilishi, hayot sifatining pasayishi va toʻliq dam olmaslik. Migrendan aziyat chekuvchi insonlarda statistika boʻyicha uch barobar koʻproq depressiya holatlariga tushish qayd etiladi. Shu kabi muammolarning oʻzi ham migren kasalligiga jiddiy eʼtibor qaratish kerak ekanligini bildiradi.

Kasallikning tarqalish darajasi va xavf guruhidagi insonlar

Bosh ogʻrigʻi va migren dunyoda eng koʻp tarqalgan patologik holatlardan biri hisoblanadi. JSST statistikasi boʻyicha dunyo aholisining 50 dan 75 % igacha boʻlgan insonlar bosh ogʻrigʻidan aziyat chekadilar. Shu insonlarning uchdan birida migren holati kuzatiladi.

Xavf guruhidagi insonlarga kimlar kiradi?

JSST koʻrsatmasi boʻyicha migren kasalligi balogʻatga yetish davridan boshlanadi va 35-45 yoshlarda eng yuqori choʻqqiga chiqadi. Migrendan koʻproq ayollar aziyat chekadi. Bundan tashqari migren rivojlanishida nasliy omil ham katta rol oʻynaydi.

Migren kasalligini davolash

Boshqa kasalliklar kabi migren ham bemorlar shikoyatlariga asoslangan holda tashxislanadi. Migrenda kuzatiladigan belgilarga barmoqlarning qizarishi, barmoqlarning sovuq boʻlishi (Reyno sindromi), kaftning terlashi, yuz mushaklari qoʻzgʻaluvchanligi oshishi (Xvostek simptomi) kabilar ham yuzaga chiqishi mumkin. 

Medikomentoz davo

Migren kasalligini davolashda doir preparatlari ogʻriq hissini yoʻqotishga xizmat qiladi. Aura bilan kechuvchi migrenda kasallik belgilari xuruj qilish boshlanishidan avvalroq ogʻriq qoldiruvchi preparatlarni qabul qilish imkoni boʻladi. Migren kasalligini bartaraf etishda foydalaniladigan preparatlarni bir necha guruhlarga boʻlish mumkin, ular quyidagilar:

Analgetik va yalligʻlanishga qarshi vositalar. Koʻpgina ogʻriq qoldiruvchi preparatlarni dorixonalardan shifokor retseptisiz olish mumkin. Bularga yalligʻlanishga qarshi nosteroid preparatlar kiradi, masalan ibuprofen yoki diklofenak.

Sporin preparatlar. Sporin saqlovchi preparatlar bosh miya qon tomirlarini biroz toraytirish xususiyatiga ega, ular yalligʻlanish mediatori boʻlgan serotonin ajralib chiqishini kamaytiradi va ogʻriq hissi yoʻqoladi. Ammo, bu preparatlar migrendan boshqa holatlarda paydo boʻladigan bosh ogʻriqlarini bartaraf etishda samara bermaydi. Preparatni qoʻllashda qarshi koʻrsatmalar ham bor (masalan yurak ishemik kasalliklari) va albatta shifokor tavsiyasiga koʻra qabul qilish kerak boʻladi.

Triptanlar. Bu preparatlar qon tomirlarga taʼsir etadi va uchlik nerv ogʻriq oʻtkazuvchi xususiyatini bloklaydi. Bundan tashqari treptanlar migrenda kuzatiladigan – yorugʻlikka sezuvchanlik, shovqindan qoʻrqish, koʻngil aynishi va qayt qilish kabi belgilarni ham bartaraf etadi. 

Nomedikomentoz davolash

Migren kasalligi qadimdan maʼlum boʻlsada, bu patologiyadan toʻliq qutulish yoʻli hali hanuz topilgani yoʻq. Shunday boʻlsa ham migrenda kuzatiladigan ogʻriq hissini kamaytirish va qoʻshimcha belgilar rivojlanmasligining oldini olishning bir qancha usullari topilgan. Ayniqsa, qadimiy Xitoy tibbiyoti bu borada yetakchi ustunlikka ega.

Migren bilan kurashishda qadimgi Xitoy tibbiyoti asosan fizioterapevtik muolajalarga yoʻnaltirilgan. Bunda ogʻriq hissini bartaraf etish va belgilarni kamaytirishga erishish mumkin. Davo muolajalari sekin-astalik bilan olib boriladi, yaʼni muolajalar davomiyligi, kuchi va dozasi kamdan boshlanadi va koʻpaytirilib boriladi, albatta bunda davoning samaradorligi baholanib boriladi.

Kasallik belgilari xuruj qilgan vaqtda davo muolajalari ogʻriqni yengillashtirishga, agar kasallik xuruj qilmayotgan boʻlsa, boʻyin sohasi mushaklarini boʻshashtirish va qon tomirlar spazmini bartaraf etishga qaratiladi.

Anʼanaviy tibbiyotda migren bilan kurashishning quyidagi usullari bor:

Akupressiya yoki nuqtali massaj. Bu usulda barmoq yordamida yoki maxsus oyna bilan inson organizmidagi biologik faol nuqtalar bosiladi.

Igna bilan davolash. Biofaol nuqtalarga steril maxsus ignalar sanchish yoʻli bilan kasallikni bartaraf etish usuli. Ignalar juda ingichka boʻlganligi sababli muolaja vaqtida ogʻriq sezilmaydi.

Gidroterapiya. Qadimiy Xitoy tibbiyotida bu usul eng mashxur boʻlgan, yaʼni bunda 4 unsurdan foydalaniladi: suv, olov (muolaja tabiiy issiq buloqlarda, loylarda oʻtkaziladi), havo (oltingugurtli vannalar) va tuproq (loyli joylar).

Migren xurujini bartaraf etish usullari

Agar migren xurujidan qutulishning imkoni boʻlmasa, unda xuruj vaqtida kuzatiladigan ogʻriq hissini kamaytirish mumkin. Bunda xurujning davomiyligi va kuchiga asoslanish lozim.

Kuchli boʻlmagan ogʻriq, bir sutkagacha davom etsa – nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar va analgetiklar (ibuprofen, asetil salitsil kislota) dan foydalanish mumkin. Ayniqsa, preparatlarning rektal shamchalar shakli yaxshi samara beradi. Parasetamol, metamizol natriy, naproksen, drotoverin gidroxlorid, fenobarbital, kofein saqlovchi preparatlardan foydalansa ham boʻladi.

Читайте также:  Мигрень без ауры что это и как

Bir necha sutka davom etuvchi migren xuruji – bunday vaziyatda triptan guruhi preparatlaridan foydalanish mumkin – zolmitritin, eletriptin, sumatriptan. Bu vositalar qon tomirlarni toraytiradi va bosh miyada serotoninga boʻlgan sezuvchanlikni kamaytirdi.

Bemor xurujni yengillatish yoki to‘xtatish uchun uning belgilari paydo bo‘lishi bilan shakarli kofe, achchiq choy ichib, issiq o‘ralib yotishi, hamda yotoqxonada yorug‘likni kamaytirish, shovqinsizlikni ta’minlashi lozim.

Bosh ogʻriqlari profilaktikasi

Migren kasalligi profilaktikasida – ogʻriqqa sabab boʻluvchi omillardan himoyalanish kerak boʻladi. Toʻgʻri kun tartibi, uyqu vaqti va davomiyligi, mehnat qilish va dam olishni tartibga solish, asabiylashishdan saqlanish hamda stress holatlariga tushmaslik katta ahamiyat kasb etadi.

Serotonin ajralib chiqishini oshiruvchi ayrim mahsulotlardan cheklanish ham migren xurujlarini oldini olishda katta rol oʻynaydi, masalan dudlangan mahsulotlar, pishloq, shokolad va spirtli ichimliklar.
Migren kasalligi inson sogʻligʻiga va ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatishini unutmang, shu sababli sababsiz bosh ogʻrishi kuzatiladigan boʻlsa darhol shifokorga murojaat eting.

Diqqat! Maqolada nomi sanab o‘tilgan preparatlar, faqatgina tanishish maqsadida keltirib o‘tilgan. Har qanday kasallikda har bir bemorning umumiy ahvolidan kelib chiqib shifokor davolash rejasini tuzib chiqadi. Kasallikning belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish shart. 
Zero, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda! Salomat bo‘​ling!

Mavzuga aloqador maqolalar:

  • Bosh og‘rishi – sabablari, belgilari va asoratlari
  • Bosh miya ichki bosimi oshishi – sabablari, belgilari va davolash usullari
  • Migrenning davosi bormi?

Maqola 09.04.2019 sanasida yangilandi.

Источник

Агар сизни тез-тез бош оғриғи, кўз тиниши ва умумий ҳолсизланиш безовта қилаётган бўлса, вақтни ўтказмай, шифокор ҳузурига боринг. Чунки бу мигрень аломатлари бўлиши мумкин. Хўш, мигрень қандай хасталик? Унинг олдини олиш, асоратларини бартараф этиш, умуман, даволаш учун нима қилиш керак? Шулар ҳақида батафсил сўз юритамиз.

Бош қаттиқ оғриса…

“Узоқ йиллардан буён кучли бош оғриғи тинчлик бермасди. Бу азоб билан ўн икки ёшимдан буён курашаман. Биринчи марта онам билан узоқ сафарга кетаётганимизда, поездда кучли оғриқ безовта қилганди. Онам шоша-пиша дори излаб, менга қандай ёрдам беришни билмай қолганида биз билан бирга кетаётган аёл осонгина “ташхис” қўйди:  “Бу —  мигрень, тезда оғриқ қолдирувчи дори бериб, иссиқ чой дамланг, деразаларни очинг, тоза ҳаво кирсин!”

Дилрабо Ҳайитова, Сурхондарё вилояти.

Минг бир сабаб  

Ҳа, бош оғриғи барчамизга таниш дард. Ер юзида унинг 130 дан зиёд турлари тарқалган. Мигрень улар ичида энг сирлиси бўлса, ажаб эмас. На томография таҳлилида, на энцефалограммада аниқлаб бўладиган бу дардга чалинган беморларнинг бош оғриғи сабабини билиш анчагина қийин. Устига-устак, хасталик хуружининг сабабларини санаб, адоғига етиб бўлмайди. Асабийлашиш ёки бир жойда узоқ ўтириб қолиш, тўйиб ухламаслик ёхуд кеч уйғониш, кўп овқат еб қўйиш, очиқиш… Айниқса, об-ҳаво ўзгаришлари — ёмғир, қор, булут, хуллас, табиатнинг барча инжиқликларидан аввал дарров “хабар” келади.

Ҳатто тиббиёт ҳам ожиз

Мигрень хасталигининг асл сабабини замонавий тиббиёт ҳали аниқлаганича йўқ. Кимдир ушбу касалликка шоколад, пишлоқ, чой, қаҳва, цитрус мевалари сабаб бўлади, деса, бошқа биров доимий асабийлашиш ёки генетик мойилликни важ қилиб кўрсатади. Яна бир тахминга кўра, организмдаги гормонал ўзгаришлар ҳам хуружга сабаб бўлар экан. Шунинг учун ҳайз кунлари арафасида кўпчилик аёлларни бош оғриғи безовта қилади.

Мигрень ва ҳаёт

“Менинг бош оғриғимга, асосан, касбим сабаб бўлар эди. Қаттиқ чарчаганимдан бўлса керак, оғриқ қолдирувчи дорилар ҳам таъсир қилмаяпти, деб “Тез ёрдам” чақирар, шифокор томиримга тинчлантирувчи дори юборгач, бироз ўзимга келардим. Аммо эртасига яна шу аҳвол…

Бу дарддан ниҳоятда чарчагач, саломатлигим ҳақида қайғура бошладим. Тиббий текширувлардан сўнг қон босимим пастлигидан бошқа бирор хасталик белгиси аниқланмади. Невропатолог эса касбимни ўзгартириб (мактабда ўқитувчи бўлиб ишлардим), тез-тез сайрга чиқишим, тўлақонли дам олишим кераклигини таъкидлади.  Аммо мен севимли ишимни ташлай олмасдим…”

Зарнигор ЮСУПОВА, Наманган шаҳри.

Шифокор далили

Турли мамлакатларда ўтказилган илмий тадқиқотлар натижасига кўра, ер юзидаги аҳолининг 3-16 фоизи мигрень хасталигидан азият чекиши маълум бўлди. Ушбу хасталик аёлларни эркакларга нисбатан уч баравар кўпроқ безовта қилади. Аёлларнинг, асосан, 40 ёшдан кейин, эркакларнинг эса 35 ёшда мигренга дучор бўлишлари аниқланган. Авваллари шифокорлар 40 ёшдан кейин мазкур касаллик ўз-ўзидан йўқ бўлади, деб ишонтиришган бўлса, бугун бу фикр буткул ўзгарди.

Излаган имкон топар!

Зарнигор ЮСУПОВА йўллаган мактубнинг давоми:

“… Охир-оқибат ишимни ўзгартиришга тўғри келди. Шовқин-суронли мактабимни ташлаб, музейга ишга жойлашдим. Рост, анча енгил тортдим. Доимий равишда фитнес билан шуғулланганим бир муддат касалликни унутишимга ёрдам берди. Аммо ишимни севмасдим, уни ўзгартиргим келаверарди. Хуллас, энди мени мигрень ва депрессия қийнай бошлади. Шифокор керакли дори-дармонларни тавсия қилди. Тузалишдан умидимни узиб, қолган умримни шу хасталик билан ўтказишга ўзимни ишонтириб бўлган бир пайтимда муолажалар самара бера бошлади. Шифокоримнинг айтишича, ҳозир шундай дори воситалари мавжудки, касалликни ўз вақтида аниқлаб, тезкор чоралар кўрилса, улар ёрдамида дардни бутунлай енгиш мумкин. Бунга ўзим ҳам  амин бўлдим.”

Тиббий таҳлиллардан маълум бўлишича…

Ҳисоб-китобларга қараганда, мигренга чалинган беморлар қарийб икки йил умрларини хуружларга дош бериб ўтказишар экан. Демак, умрни зое кетмазмай, касаллик аломатлари сезилиши билан невропатолог кўригидан ўтиш, хасталикка ҳарши курашиш даркор. Унутманг, шифокорнинг илк қабулига алоҳида тайёргарлик зарур. Яъни бемор қандай ҳолатларда хуруж бошланиши, унинг қанча муддатда такрорланиб туриши, умумий ҳолатдаги ўзгаришлар ҳақида тўлиқ маълумотларни эслаб, мутахассисга аниҳ ва батафсил маълумот бериши лозим.

Оғриққа қарши кураш

  • Шифокор билан биргаликда айнан нималар бош оғриғини келтириб чиқараётганлигини аниқлаш зарур.
  • Бугунги кунда оғриқни буткул бартараф эта оладиган махсус дори воситалари ишлаб чиқарилмоқда. Уларни оғриқ кучаймасидан аввал  ичиш даркор.
  • Мигренга бефарқ бўлиш ярамайди. Акс ҳолда ўзингизни мигреноз инсультга мубтало қилишингиз мумкин.

Мигрень ҳақида 5 факт

  • Мигрень — француз тилидан “бошнинг ярмидаги оғриқ”, деб таржима қилинади. У ўзгарувчан кучли оғриқ билан кечадиган хасталик бўлиб, одатда, тўрт соатдан уч суткага қадар давом этиши мумкин. Гарчи, кучли оғриқлар билан кечса-да, организмга ўта зарарли таъсири кузатилмаган.
  • Бош оғриғидан халос бўлиш истагидагиларнинг кўпчилиги оддий оғриқ қолдирувчи воситалар, масалан, анальгиндан нажот излашади.  Аммо анальгин бундай пайтда ёрдам бера олмайди. Боз устига уни кўп ичиш зарарли.
  • Айрим тадқиқотларга кўра маълум бўлишича, мигрень мушакларнинг ҳаддан зиёд зўриқиши туфайли келиб чиқади.
  • Косметологияда ажинларнинг олдини олиш мақсадида қўлланадиган ботулотоксин (ботокс, деб ҳам юритилади) муолажаси мушакларни бўшаштириш хусусиятига эга. Шу боис у бош оғриғидан халос бўлишга ёрдам беради.
  • Мигрень хасталигидан азият чекувчилар, одатда, депрессиядан ҳам қийналишар экан. Шунинг учун беморларга таркибига серотонин моддаси қўшилган антидепрессант воситалар ҳам тавсия қилинади.

Невропатолог шифокор Ёқутхон МАЖИДОВА

тавсиялари асосида Саодат тайёрлади.

Источник